Yerevanda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

Jahon 08:01 / 30.07.2016 5787

Yerevanda politsiya muxolifatning 5 ming kishidan iborat namoyishini tarqatib yubordi. Guvohlarning aytishicha, namoyishchilar tomonidan ig‘vogarlik harakatlari amalga oshirilgan: ular radikallar tomonidan qo‘lga olingan patrul-post xizmati binosiga yo‘lni to‘sib qo‘ygan politsiyachilarga tosh otgan. Otishma vaqtida 3 muholif yaralangan.

Politsiya norozilik bildirayotganlarni tarqatish uchun yorug‘lik-shovqinli granatalar va boshqa maxsus vositalardan foydalangan. To‘qnashuvlar vaqtida o‘nlab kishilar hibsga olingan. Granatalardan birining portlashi oqibatida bir binoga o‘t ketgan. 
Patrul-post xizmati binosi hanuzgacha muxoliflar nazoratida qolmoqda.

Yerevandagi tartibsizliklar 17 iyulda qurollangan kimsalar patrul-post xizmati binosini qo‘lga olgandan keyin boshlangan. Hozirda binodagi barcha garovda ushlab turilganlar ozod qilingan, biroq bosqinchilar ixtiyorida politsiyaga tegishli qurol, avtomobil va boshqa mulk qolmoqda.

Muxoliflar "Yangi Armaniston" siyosiy harakatining yetakchisi Jirayra Sefilyanning ozod etilishi va prezident Serj Sargsyanning iste'foga ketishini talab qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: