BMT ikki yilda bir marta tuziladigan E-Government Development Index reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston ushbu reytingda 20 pog‘onaga yuqorilab, 80-o‘rinni qayd etgan.
Reytinga jahonning 193 mamlakati kiritilgan. Ro‘yxat ushbu mamlakatlarda elektron hukumat qay darajada rivojlangani turli kriteriylarga qarab tuzilgan. Kuchli o‘nlikka Buyuk Britaniya Avstraliya, Janubiy Koreya, Singapur, Finlyandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Daniya va Fransiya kiritilgan.
O‘zbekiston 0,5434 indeks bilan 80-o‘ringa munosib ko‘rildi. O‘zbekistondan yuqorida Shri-Lanka, quyida esa Peru joylashgan.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari quyidagi natijalarni qayd qildi: Qozog‘iston — 33, Qirg‘iziston — 97, Tojikiston — 139, Turkmaniston — 140. Rossiya 35, Belarus 49, Ukraina 62, Ozarbayjon 56, Armaniston 87-o‘rinda.