Suriyada prezident saylovi jarayoni Jyeneva jarayoni yakunlanib, terrorchilik ustidan g‘alabaga erishilgandan keyin kiritiladi. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Epsilon TV grek kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Ayni vaqtda Suriyada prezident saylovi ko‘zda tutilmagan, biroq Suriya halqi prezident saylovlarini istasa, u kiritiladi. Bizda bu bilan muammo yo‘q. Biroq prezident saylovlarini Jyeneva jarayoni yakunlanmaguncha kiritishning iloji yo‘q. Buni terrorchilik avj olayotgan, odamlar o‘layotgan va mamlakat yo‘q qilinayotgan sharoitda o‘tkazib bo‘lmaydi", deb aytdi Asad.
"Avval terrorchilikni yutish va Jyeneva jarayonini yakunlash kerak. Urushdagi g‘alaba esa mening g‘alabam emas, balki Suriya xalqi g‘alabasi, chunki u Suriya xalqiga qarshi olib borilmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Asad.
Asad intervyuda Suriyada o‘lim jazosi siyosiy motivlarga tayanib emas, balki sudyalar tomonidan qabul qilinishini aytdi.
28 iyulda Bashar Asad avval jinoiy javobgarlikdan qutulib qolgan va barcha qurollangan kishilar qurollarini tashlasalar va zo‘ravonlik bilan ushlab turgan odamlarni ozod etsalar, ularni afv qilish haqidagi farmonni chop etdi.