WikiLeaks tashkiloti AQSh Demokratik partiyasi Markazqo‘mi xodimlarining e'lon qilinmagan maktublariga egaligini e'lon qildi. Xakerlar xuruji natijasida qo‘lga kiritilgan maxfiy ma'lumotlarning bir qismi, partiyadan AQSh prezidentligiga nomzodi ilgari surilgan Hillari Klintonga oid, deb ma'lum qilgan Julian Assanj CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Assanjning aytishicha, gap juda qiziqarli materiallar haqida bormoqda. Biroq u, ushbu ma'lumotlar qachon oshkor qilinishiga oydinlik kiritmagan.
Shu bilan birga, Assanj yana bir marta WikiLeaks saytining xakerlik hujumiga umuman aloqasi yo‘qligini ta'kidlagan hamda manbasini oshkor etishdan bosh tortgan.
Bundan tashqari, u mazkur ma'lumotlarni Rossiya taqdim etgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga aniq javob bermagan.
"Barchaga ma'lumki, AQSh butun dunyodagi tashkilotlar, xususan, Amnesty International, Greenpeace va boshqalarga xakerlik hujumlarini uyushtiradi", - degan WikiLeaks rahbari. "Rossiya va Xitoy hukumatlari ham shunday qiladimi? Albatta, hujum qiladi", - deb ta'kidlagan u.