Apple rahbari Tim Kuk Klintonning saylovoldi kampaniyasi uchun pul yig‘adi

Jahon 17:55 / 30.07.2016 3999

Sir emaski, Hillari Klintonning Kremniy vodiysida kuchli ittifoqdoshlari bor. Ma'lum bo‘lishicha,  Apple rahbari Tim Kuk Klintonni qo‘llab-quvvatlaydi va uning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun pul yig‘ish tadbirini o‘tkazishda yordam beradi. Bu haqida BuzzFeed ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, Kuk mablag‘ to‘plashda Apple kompaniyasining vakili sifatida emas, xususiy shaxs sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, unga atrof-muhitni qo‘riqlash kompaniyasining vitse-prezidenti Liza Jyekson ham hamrohlik qiladi. 

Tadbir 24 avgustda o‘tkaziladi. Unda Tim Kukning mehmonlar oldida so‘zga chiqishi kutilmoqda. Shunisi qiziqki, AQSh prezidenti saylovlariga tayyorgarlik davomida Kuk boshqa nomzodlar tomonida ham o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan.

Bundan avval u respublikachilar vakili Pol Rayan uchun pul yig‘ish tadbirida qatnashgan. Apple xodimlari, o‘z rahbarlari singari aniq bir tomonga ro‘yxushlik berishmagan, ular demokratlarga ham, respublikachilarga ham pul vositalarini yo‘llashgan. Faqat kompaniya mahsulotiga boykot e'lon qilgan Donald Trampgina bundan mustasno.
 

Ko‘proq yangiliklar: