AQShda Bashar Asadning Suriya ustidan nazoratni qaytarishi "ilmiy fantastika" deb ataldi

Jahon 06:54 / 30.07.2016 7567

AQShda Suriya prezidenti Bashar Asadning Suriya ustidan nazoratni qaytarishi "ilmiy fantastika" deb ataldi. Bu haqda IShIDga qarshi kurashuvchi global koalitsiya maxsus vakili Brett Makgerk aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Uning aytishicha, Asad vatanining har bir qulochini qaytarib olmoqchi, biroq bu hech qachon yuz bermaydi. Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, Rossiya AQSh ishonchini qozona oladigan urushning yakunlanishi rejasini taqdim qilmagan.   

"Ruslar urush yakunlanishining ishonchni qozona oladigan rejasini taqdim qila olishmadi, bu orada prezident Asad o‘z yerining har bir qulochini qaytarib olishini aytmoqda, bu ilmiy fantastika, bu hech qachon yuz bermaydi, shuning uchun ruslar qandaydir qaror qabul qilishlari kerak", deb aytdi Makgerk.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Rossiyaga Bashar Asaddan voz kechish evaziga Fors ko‘rfazi davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni taklif qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: