AQSh sudi marhum qo‘shiqchi Prinsning merosiga 29 da'vogarning talabini rad etdi

Jamiyat 08:42 / 30.07.2016 7096

AQShning Minnesota sudi aprelda vafot etgan marhum qo‘shiqchi Prinsning merosiga 29 da'vogarning talabini rad etdi. 

Joriy yilning aprelida og‘riq qoldiruvchi dorilar dozasini tasodifan oshirib yuborgandan vafot etgan qo‘shiqchi o‘zidan 300 mln dollarlik meros qoldirgan. Ma'lum qilinishicha, qo‘shiqchining na merosxo‘rlari bo‘lgan, na u vasiyatnoma qoldirgan.

Sudya qo‘shiqchining qarindoshi ekanligini ta'kidlayotgan 6 kishiga genetik sinov o‘tkazishni so‘radi. Ularning orasida qo‘shiqchining o‘gay uka-singillari hamda jiyanlari bor. 

Qo‘shiqchi o‘z faoliyati davomida 30 dan ko‘proq albom yozgan, 2005 yilda esa nomi rok-n-roll sharafi zaliga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: