Uchuvchisiz parvoz qiladigan qurilmalar Afg‘oniston janubi-g‘arbida "Tolibon" harakatining 25 nafar jangarisini yo‘q qilgan, deb xabar qilmoqda
Sinxua agentligi.
Mintaqaviy harbiy qo‘mondonlik vakilining agentlikka ma'lum qilishicha, raketa-bombali zarbalar jangarilarning Nimroz viloyatida egallab turgan hududlariga berilgan. Maxsus amaliyot chog‘ida ekstremistlarning yetakchilaridan biri – Hafiz G‘ulom o‘ldirilgan. Bundan tashqari, toliblarga qarashli 4ta avtomashina yo‘q qilingan.
Agentlikning qayd etishicha, hozircha "Tolibon" harakati harbiylarning bayonotini tasdiqlagani yo‘q.
Amaliyotning boshqa tafsillotlariga oydinlik kiritilmagan.