2016 yil birinchi yarmida yarashtiruv institutlari tomonidan 6934 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi

Jamiyat 18:00 / 30.07.2016 4650

2016 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston fuqarolik sudlari tomonidan 139 mingta ish ko‘rib chiqildi. Umumiy hisobda hukm o‘qilgan ishlar miqdori 87,9 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi ma'lumotiga asoslanib, «Gazete.uz» xabar bermoqda.

Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlarda 197607 shaxsga nisbatan 158 ming ma'muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Joriy yilning olti oyi mobaynida yarashtiruv institutlari tomonidan 6934 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
2872 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilmagan holda 150 mlrd so‘mlik zarar miqdori qoplangan.

Ko‘proq yangiliklar: