JAR olimpiya terma jamoasi braziliyalik politsiyachilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport 11:43 / 29.07.2016 4071

Futbol bo‘yicha JAR olimpiya terma jamoasi Rio-Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida 29 iyul kuni Brazilia shahri politsiyachilaridan tuzilgan terma jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda JAR futbol assotsiatsiyasi saytida ma'lum qilingan.

"Biz boshqa bir terma jamoa bilan o‘ynashga qarshi emasdik, ammo kelishuv amalga oshmadi. Biz mahalliy klublar bilan ham aloqaga chiqdik, ammo befoyd bo‘ldi. Shundan so‘ng, politsiyachilardan iborat jamoa bilan o‘ynashga qaror qildik", degan jamoa bosh murabbiyi Ouen da Gama.

JAR terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Braziliya, Iroq va Daniya terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Futbol musobaqalari 3 avgust kuni boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: