O‘zbekistonga taqdim etilgan 4,37 mln dollarlik grant asosida 15 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyada tahsil oladi

O‘zbekiston 22:43 / 29.07.2016 7259

O‘zbekistonlik 15 nafar mutaxassis avgust oyida Yaponiya hukumatining «Kadrlarni tayyorlash uchun stipendiya taqdim etish» dasturi bo‘yicha magistraturada tahsil olish uchun kunchiqar yurtga otlanadi. Dastur bo‘yicha almashinuv notalari 29 iyul kuni Toshkentda Yaponiya elchisi Fumixiko Kato va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov tomonidan imzolandi.

Yaponiya elchixonasi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, bu O‘zbekiston mutaxassislarining kunchiqar mamlakatda 17- marotaba malaka oshirishi bo‘ladi. 1999 yildan buyon Yaponiya oliy ta'lim muassasalarida magistraturada tahsil olish dasturi bo‘yicha jami bo‘lib 280 nafar o‘zbekistonlik malaka oshirdi. Ushbu muddat davomida Yaponiya hukumati 4,841 mlrd iyen, jumladan, 2016 va 2017 yillarda 459 mln iyen (4,3 mln dollar) ajratadi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad — kelgusida iqtisodiyot, moliya va qonunchilik tizimi kabi sohalarda davlatni rivojlantirish strategiyasiga bevosita jalb etiladigan davlat xizmatchilari va mutaxassislar sifatidagi malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: