Turkiyaning Izmir shahrida ommaviy qo‘lga olishlar o‘tkazilmoqda

Jahon 14:59 / 29.07.2016 7009

29 iyul kuni erta tongdan Turkiyaning Izmir shahrida maxsus amaliyot o‘tkazila boshlangan. Bu haqda, HABERTÜRK telekanali xabar qilmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, 200 ga yaqin kishi qo‘lga olingan. Xabar qilinishicha, gumondorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borilgan. 

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning avval xabar qilganidek, mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, 13 ming kishi qo‘lga olingan, ularorasida harbiylar, politsiya xizmatchilari, sud'ya va prokurorlar bor. 45 ming davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: