Turkiyadagi isyon vaqtida foydalanilgan aviabaza yopiladi

Jahon 18:27 / 29.07.2016 5290

Turkiyada harbiy isyon vaqtida foydalanilgan, Anqara shahridan 35 km masofada joylashgan Oqinji aviabazasi yopiladi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bayonotiga asoslanib, Reuters xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, u isyon vaqtida foydalanilgan harbiy texnikalar joylashgan barcha angarlar yopilishini ma'lum qilgan.

"Oqinji bazasi isyonchilar uyasi bo‘lgan. Biz bu joyda davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida demokratiyani himoya qila turib halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatamiz", degan vazir.

Bundan oldinroq, Turkiya hukumati 16 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan harbiy isyon vaqtida 35ta harbiy samolyot, 239ta zirhli mashina, 3ta kema va 37 vertolyotdan foydalanilgani, shuningdek, Anqara va Istanbulga 7ta tank olib kirilgani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: