Turkiyada isyonga aloqadorligi uchun qo‘lga olinganlarga qamoqxonalarda joy yetishmayapti

Jahon 20:08 / 29.07.2016 7559

Turkiyadagi muvaffaqiyatsiz harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin boshlangan yalpi tozalash ishlari doirasida hibsga olinganlar soni 18 ming nafardan oshdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Efkan Ala ma'lum qilgan.

"Bugungi kunga kelib isyonga aloqadorlikda gumon qilingani uchun qo‘lga olingan shaxslar soni 18 044 nafar. Shulardan 9677 nafarini qamoqqa tashlash haqida buyruq chiqarilgan", deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi mahalliy nashrlarga asoslanib.

U shuningdek, Turkiya hukumati 49 211 kishining pasporti bekor qilingani haqida qo‘shimcha qilgan.

Bundan oldinroq, mahalliy nashrlar Turkiya qamoqxonalarida yangi qo‘lga olinganlarni joylashtirish uchun joy yetishmayotgani haqida yozgandi.

16 iyulga o‘tar kechasi harbiylar Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirishga urinishdi. Asosiy qarama-qarshiliklar Anqara va Istanbul shaharlarida ro‘y berdi. Yakunda Erdo‘g‘an tarafdorlari ustun keldi va isyon bostirildi. To‘qnashuvlar vaqtida tinch aholi vakillaridan 246 kishi halok bo‘lgan va 2000ga yaqin kishi jarohatlangan. Isyonchilar orasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar hisobi keltirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: