Turkiya Oliy ta'lim vazirligi mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalarining 2318 nafar o‘qituvchisi ustidan tekshiruv boshladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
2239 nafar o‘qituvchi, davlat o‘quv yurtlarining 672 nafar xodimi va xususiy universitetlarning 79 nafar o‘qituvchisi davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda ayblangan.
Avvalroq Antalyadagi mashhur O‘rta Yer dengizi universitetining 150 nafar xodimi qo‘lga olingandi. To‘ntarishidan keyin umumiy hisobda 66 ming davlat ishchisi vazifasidan bo‘shatilgan.