Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirishga urinish vaqtida halok bo‘lgan harbiylar uchun ochilgan maxsus «xoinlar qabristoni» nomi o‘zgaradi. Turkiya hukumati qabristonlarni bunday nomlamaslikka qaror qildi. Bu haqda Istanbul meri xabar qilgan.
«Ko‘pchilik ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. Unda inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari va diniy rahnamolar qatnashdi. Biz halok bo‘lganlarning oila a'zolarini o‘ylab qabristonni «xoinlar qabristoni» deb nomlamaslikka qaror qildik»,- degan shahar meri Qodir To‘pbosh.
Harbiy to‘ntarishda halok bo‘lgan isyonchilardan biri yangi qabristonga ko‘milgan. Turk nashrlarining xabar berishicha, undan oilasi kechib yuborgan.