Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida unga qarshilik ko‘rsatgan va natijada halok bo‘lgan yoki yaralanganlar oilasiga tovon puli miqdorini belgiladi. Bu haqda “Anatolu” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yaralanganlar oilasiga har oyda minimal tarzda 3203 Turkiya lirasi (Ming dollar atrofida) pul to‘lab boriladi. Halok bo‘lganlarning oilasiga esa 88,6 ming lira (29,4 ming dollar atrofida) tovon puli beriladi.
Bundan tashqari, halok bo‘lganlarning oila a'zolari harbiylarning oila a'zolari singari har oyda ma'lum miqdorda pensiya olib turadi.
Nogiron bo‘lib qolganlarga esa bir martalik 177,2 ming lira (58,8 ming dollar) tayinlandi. Halok bo‘lgan va yaralanganlarning oila a'zolari davlat sektorlarida bemalol ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.