Aksariyat amerikaliklar AQSh prezidentiligiga demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonning partiya s'yezdidagi (Filadelfiyada) chiqishini ijobiy baholashdi va uning nutqini raqibi Donald Trampning respublikachilar s'yezdida (Ogayo shtatida) so‘zlagan nutqidan muvaffaqiyatli chiqqan, deb hisoblashmoqda. Bu haqida TASS agentligi xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, demokratik s'yezd tugatilishi bilan SNN telekompaniyasida teletomoshabinlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shundan dalolat beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Klintonning chiqishini tomosha qilgan 71 foiz saylovchilar uning nutqini “juda ijobiy”, 15 foizi esa – shunchaki ijobiy deya baholashgan. Faqatgina 12 foiz yoshi katta fuqarolargina unga “salbiy” munosabat bildirgan. Demokratlar nomzodining Filadelfiyadagi milliy s'yezdda qilgan chiqishidan keyin “tadqiqotning 60 foiz ishtirokchilari noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda endi aynan Klintonga ovoz berish ehtimoli ko‘pligini, 30 foizi esa bunday ehtimolning kamroq ekanligini ma'lum qilishgan”, deya ta'kidlanadi manbada.
Demokratlar partiyasi s'yezdi translyatsiyasini tomosha qilgan 82 foiz saylovchilarning fikricha, Klinton o‘z chiqishida mamlakatning bundan keyingi rivojlanishida “to‘g‘ri yo‘nalish” ko‘rsatgan. “Bu ko‘rsatkich Donald Trampnikidan yaxshiroq. Klivlenddagi s'yezddan keyin amerikaliklarning 73 foizi uning to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatganini ma'lum qilishgandi”, - deya xabar beradi telekompaniya.