Norvegiyaning olamshumul rejasidan biri — suv osti tunnel tarmoqlari orqali paromlarning ishini oson qilishdan hamda ularning sonini kamaytirishdan iborat. Parom — juda ham kerakli transport vositasi, ammo ular ko‘p bo‘lganda, o‘tayotgan kemalarga xalal beradi. Bundan tashqari, paromning ko‘rinishi chiroyli ham emas. Ular yordamidagi sayohat esa ikki, uch barobar uzunroq va toliqtiruvchi bo‘lishi mumkin.
Suv osti tunneli sayohatchilarga paromlarsiz safar qilishlariga yordam beradi. Bu esa mundarijani tekshirib, navbatdagi safarga kech qolmaslik haqida qayg‘urishga yakun yasaydi. «Suv osti suzuvchi ko‘priklari» — loyihaga muvofiq, ular aynan shunday nomlanadi — 30 metr chuqurlikdagi maxsus platforma orqali ishlaydigan katta quvurdan iborat. Tunnel joylashadigan pontonlar havza qa'rigacha cho‘zilgan to‘sinlar bilan kengaytiriladi. Tunnelning har biri ikki chiziqli yo‘l tushishi uchun yetarlicha keng bo‘ladi.
Muammo uzoq vaqt avval paydo bo‘lgan. Kristiansann shahridan Tronxeymgacha borish uchun qariyb 1100 kilometr masofa bosish kerak. Bunday safar yo‘lda turgan yettita paromlar tufayli taxminan bir kun vaqtni oladi.
Shu sababli, shaxsiy avtomobilda hech narsaga chalg‘imay, sayohat qilish ancha qulay. Tunnel qurish loyihasi ham aynan shuni maqsad qilib olgan.
Dastlabki hisoblarga ko‘ra, rejani amalga oshirish uchun 25 milliard dollar mablag‘ sarflanadi. 2035 yilga kelib esa suv osti tunneli odamlar manzillarini deyarli ikki, uch barobar yaqin qilishga xizmat qiladi.
Savol tug‘iladi: nima uchun buning o‘rniga tezda bitishi mumkin bo‘lgan, kam harajatni talab qiluvchi ko‘priklar qurilmaydi? Javobi oddiy. Yer va ob-havo sharoiti tufayli ko‘priklar yaxshi tanlov bo‘la olmaydi.