Mobil operatorlar 1 avgust kuni SMS va mobil internet xizmatlarini vaqtinchalikka o‘chiradi

Jamiyat 20:22 / 29.07.2016 10179

O‘zbekiston mobil operatorlarining SMS va mobil internet xizmatlari 1 avgust kuni 8:30 dan 13:30 ga qadar taqdim etilmaydi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bergan.

Ovozli aloqa cheklovlarsiz ishlaydi.

Beeline va Ucell bu haqdagi ogohlantirishni 29 iyul kuni o‘z saytlariga joylashtirdi. Keyinroq xuddi shu mazmundagi xabarnomalar boshqa operatorlar tomonidan ham yuborilishi mumkin.

Shu kuni mazkur xizmatlarni ko‘rsatishdagi har yillik tanaffus mamlakat telekommunikatsiya tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi bilan izohlanadi.

1 avgust kuni O‘zbekistonning barcha oliygohlarida kirish uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Toshkent shahridagi ba'zi yo‘llarda harakat cheklanadi. Shaharda jamoat transporti soat 4:30da ish boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: