Har safar yozda insonni qiyin ahvolga soluvchi muammo paydo bo‘ladi — kimdir quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynagini yoki losonini unutib qoldiradi va terisi yoqimsiz kuyishlarga duch keladi. Bunday jarohat bir necha kun davomida og‘riq beradi. Bundan tashqari, teringiz och pushti ko‘rinishga kelib, har qanday achishtiruvchi vositalarga ta'sirchan bo‘lib qoladi. Agarda siz ham jazirama quyosh taftida kuyib qolgan bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlar muammolarni tez va oson bartaraf etishingizga yordam berishi aniq.
Muzdek kompress
Agarda teringiz kuyganini his etsangiz — darhol og‘riqli yerga muzli kompress qiling yoki nam sochiq bilan bosing. Bu terini sovishiga va qayta tiklanish jarayonini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Ko‘proq suyuqlik iching
Quyoshdan qattiq kuyish suvsizlanishga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘proq toza suv iching. Degidratatsiya kuchsiz kuyishni ham jiddiy muammoga aylantirishi mumkin.
Shifobaxsh krem
Pantenol va yallig‘lanishga qarshi boshqa istalgan shifobaxsh krem kuyishda birinchi yordam vazifasini o‘tashi mumkin.
Namlantiruvchi losondan foydalaning
Zudlik bilan teringizga namlantiruvchi loson surting. Tarkibida yog‘ mavjud bo‘lgan losondan foydalanmaslikka harakat qiling — ular teri ichiga singib, uning qurishiga xalaqit beradi.
Aloe vera
Aloe sharbati terini tezda normal holatga keltirishga qodir. Uni og‘riq mavjud bo‘lgan joyga surtish lozim.
Smetana
Xalq tabobati quyoshdan kuyish alomatlarini tezda bartaraf etishga yordam beradi — biroq smetanadan birlamchi davo vositasi sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi.
Xom kartoshka
Xom kartoshka va kartoshkali sharbat ham ba'zida kuyishga qarshi uy sharoitidagi eng tezkor vosita sifatida tavsiya etiladi. U vaqtinchalik og‘riqni bosishga ko‘mak beradi.
Choy paketlari
Agarda oftob nuridan ko‘zlarga ham ziyon yetgan bo‘lsa — choy paketlarini sovuq suvga ivitib, qovoqlarga bosing. Teri oshlovchi kislotalar shishni qaytarib, og‘riqni yengillashtirish xususiyatiga ega.
Sodali hammom
Yana bir tabiiy usul oziq-ovqat sodasi solingan hammom qabul qilish hisoblanadi. Bunday jarayon salqinlikni his etib, og‘riqni bosishga yordam beradi.
Pomidorli kompress
Ikkita pomidorni olib, ularni bo‘tqa holga kelgancha ezg‘ilang va quyoshdan kuygan teriga surting. Pomidor tarkibidagi antioksidantlar kuyishni davolashga yordam beradi.