Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xodimining mashinasi portlatildi

Jahon 11:26 / 29.07.2016 19149

Qirg‘iziston poytaxtining janubi-g‘arbidagi O‘rtasoy qishlog‘ida mahalliy vaqt bilan soat 8:45da Respublika Bosh prokuraturasi xodimining mashinasi portlatildi. Bu haqida nazorat organining matbuot xizmati xabariga tayanib, TASS agentligi ma'lum qildi

Jabrlanuvchi Erkin Kurmanaliyev Bosh prokuraturaning ichki tergov bo‘limida katta prokuror lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan. 

Voqea sodir bo‘lgan joyda tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: