IUT O‘zbekistonda birinchi marotaba kirish imtihonlarini online tarzda namoyish etmoqda

Jamiyat 09:42 / 29.07.2016 10138

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) O‘zbekistonda birinchi marotaba 2016-yilning 29-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan imtihonlarni kuzatishni istaganlar uchun imkoniyat yaratib, kirish imtihoni jarayonlarini real vaqt rejimi(online)da namoyish etadi.

Ma'lumki, IUT kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va ochiqligiga ishonch hosil qilishlari uchun, mazkur jarayonlarni kuzatish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini ham taklif qildi.

Shuningdek, IUT 29-iyul, ya'ni imtihon kuni butun jamoatchilik uchun kirish imtihonlarining video strimingni tashkil qilmoqda. Bunda barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz.havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Kirish imtihonlari o‘tadigan zalda veb-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida kirish imtihoni jarayonlarini online kuzatish mumkin.

Mazkur sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimning yuklanishdagi tezligini ta'minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar  TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari  tejaladi.

O‘zbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilayotgan loyiha “EastTelecom” va  “Real Solutions” kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda. “EastTelecom” kompaniyasi loyihani amalga oshirish uchun internet kanalini taqdim etgan bo‘lsa, “Real Solutions” kompaniyasi video strimingni tashkil etishda ko‘mak berdi.

Ko‘proq yangiliklar: