Italiya Oliy sudi Skype orqali turmush qurishga qaror qilgan italiyalik ayol va pokistonlik erkakning nikohini qonuniy deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida West-Info ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, bundan avval sudga Italiya ichki ishlar vazirligidan nikohni noqonuniy deb hisoblash so‘ralgan xat kelib tushgan.
Sudya juftlik jismonan bir joyda bo‘lmagan bo‘lsa-da, ularning ongli ravishda oila qurishni istaganini tan oldi, italiyalik ayol va pokistonlik erkakning muloqoti raqamli formatda amalga oshirilgan. Bundan tashqari, sud oila qurish uchun jismoniy ishtirok majburiy jarayon emasligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.