IShID terrorchilik to‘dasi AQSh yetakchiligida qo‘shinlar himoyasida bo‘lgan Suriya shimolidagi 24 ta aholi yashash punktini bosib oldi. Bu haqda Suriya Inson huquqlarini himoya qilish observatoriyasiga asoslanib Al Arabia xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bugun terrorchilar bosib olgan qishloqlar Manbij shahridan 10 kilometr uzoqlikda, Turkiya chegarasi hamda IShIDning norasmiy poytaxi Raqqa oralig‘ida joylashgan.
AQSh boshchiligidagi koalitsiya bu hududlarga havo hujumidan to‘liq himoya yaratgan. Biroq terrorchilar xudkushlar va avtomibillarni portlatish orqali jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda.
Observatoriyaning ma'lum qilishicha, Suriyada oxirgi besh yillikdagi konfliktlar sabab 280 ming kishi halok bo‘lgan. Millionlab suriyaliklar uylarini tark etgan.