Hindistonlik milliarder uyni elektr quvvati bilan 24 soat ta'minlay oladigan juda arzon ixtiro kashf qildi

Fan-texnika 09:47 / 29.07.2016 24192

Odamlar aksari holatlarda energiyaning qimmat turishi va “mashg‘ulotlarga vaqt ajrata olishmayotganliklaridan” nolib turishadi. Ushbu ikki xil muammoni bir vaqtning o‘zida hal etish yo‘li topildi.

Bugun e'tiboringizga bir vaqtning o‘zida tanadagi keraksiz yog‘larni eritadigan va chiroqlarni yoqadigan ixtiro haqida so‘zlab beramiz.

Hindistonlik milliarder Manoj Bxargava elektr gibridli velosiped o‘ylab topdi. Uning yordamida uyni elektr quvvati bilan ta'minlasa bo‘ladi.

Unga o‘tirgan kishi velotrenajyor pedalini aylantirishni boshlasa, generatorni ishlatuvchi qurilma ishga tushadi va akkumulyator quvvatlanadi. Bir soatli ana shunday mashq xo‘jalik xonadonni 24 soat elektr quvvati bilan ta'minlaydi.

Ixtirochining ana shunday ajoyib kashfiyot qilishidan maqsadi, bugungi kunda kambag‘allik sabab elektr quvvatidan bahramand bo‘la olmayotgan 1,3 mlrd kishini baxtiyor etishdir. Qurilma yordamida hatto internetdan foydalanish va ta'lim olish mumkin. 

«Agar sen boylik sohibi bo‘lsang, muhtojlarga yordam berish burchingdir», ― dedi Manoj.

U Hindistonda ana shunday velosipedlardan o‘z hisobi evaziga 10 ming dona chiqarishni mo‘ljallagan.

Ko‘proq yangiliklar: