Hindiston shimoli-sharqida davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 43 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Zee News telekanalida xabar berilgan.
Kuchli yomg‘irlar bir necha kun mobaynida mamlakatning bu hududiga katta talofat keltirgan. 29 iyul holatiga ko‘ra, Assam shtatida halok bo‘lganlar soni 21 nafar. Tabiiy ofat deyarli 2 million kishining hayotiga ta'sir ko‘rsatgan.
Bihar shtatida esa halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetgan. Shuningdek, 400 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.