Hindistonda binoning qisman qulashi natijasida kamida 9 nafar kishi halok bo‘ldi, 10 nafardan ortig‘i jarohat oldi. Bu haqida ANI agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, baxtsiz hodisa Hindistonning Puna shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Agentlikning ma'lum qilishicha, gap qurilayotgan binoning qisman qulashi haqida bormoqda. Ro‘y bergan voqea sabablariga oydinlik kiritilmagan.