AQSh prezidentligiga demokratlardan nomzodi ko‘rsatilgan Hillari Klinton saylovchilarga yo‘llagan rasman nomzod sifatidagi murojaatida o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi Donald Trampni keskin tanqid qildi.
«Tramp terrorchilar haqida harbiylarimizdan ko‘proq narsa bilishini aytdi. Demak u bizning harbiylarga, armiyamizga ishonmaydi. U hammasini o‘zim hal qil olaman, dedi. Yo‘q, Donald, bunday bo‘lmaydi.
Biz barchasini birga hal qilamiz. U AQShni yana buyuk qilaman, deb qop-qop va'da bermoqda. Buni bir o‘zi qila olmaydi-ku!
U oddiy provakatsiyadan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Intervyu vaqti berilgan bitta jiddiy savol va debatlardagi savol-javobdan shoshib qoladi. Uning Oval stol (AQSh prezidentlari xonasidagi stol) atrofida o‘tirganini tasavvur qilsam, dahshatga tushaman.
Umuman, bitta tvit bilan qarmoqqa ilinadigan odamga qanday qilib butun boshli yadro qurolini topshirib qo‘yish mumkin?», deydi Klinton xonim.