Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Fan-texnika 11:49 / 29.07.2016 36690

Suv yuzasida suzadigan velosiped, skuterli jomadon, musiqa chaluvchi taroq — bularning bari xitoylik ixtirochilar ishlab chiqqan buyumlar bo‘lib, bu kabi g‘aroyib ishlanmalar xitoyliklarning kundalik turmush tarziga aylanib ulgurgan. Ushbu yorqin, innovatsion va bir qarashda g‘alati ko‘ringan ixtirolar  — qiziquvchan “muhandis”lar tomonidan yaratilgan va boshqalarning ham e'tiborini qozonib ulgurgan. 

Jomadonli skuter. Ixtirochi On Lyan o‘ziyurar jomadonni takomillashtirishga 10 yil vaqtini ketkazib, uni soatiga 20 kilometrgacha masofani bosib o‘tadigan holatga keltirdi. Skuter bir marta quvvat olgach 50 kmgacha masofani bosib o‘ta oladi. 

Uyda ishlab chiqarilgan odamsimon robot. Mustaqil ixtirochi Tao Xiangli masofadan boshqariluvchi gumanoid-robotni metallolom bo‘laklari va eski kompyuterlarning simlari va ehtiyot qismlaridan ishlab chiqdi. Xiangli robotni eshikdan olib chiqish uchun juda kattaligini tushungach, o‘zi bilan olib qolishga qaror qildi.

Traktor-mototsikl. Muhandis ushbu vahimali qurilmani yasash uchun 1300 dollar mablag‘ sarflab, eski traktor va avtomobillar chiqindixonasidan keltirilgan ehtiyot qismlardan foydalangan. 

Qo‘lbola suvosti kemasi. Xitoylik fermer kemani yasash uchun 5 oylik umrini ketkazdi. U, yaqinda Xubey viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.

Motorlashtirilgan supurgi. Ushbu birmuncha takomillashtirilgan traktorga 12ta supurgi o‘rnatilgan bo‘lib, Xeyluntszyan viloyati ko‘chalarini toza saqlashda yordam beradi.

Suvda suzuvchi velosiped. Plastik quvur yordamida suv yuzasida tura oladigan va ulanuvchi vint ko‘magida harakatlanadigan suzuvchi velosipedni ixtirochi Lyu Vanong ishlab chiqdi.

Shaxsiy tank. Fermer va Xitoy harbiy dengiz kuchlarining sobiq askari tankning qo‘lbola nusxasini yasashga 6450 dollar pul sarfladi. 

Yog‘ochdan yasalgan elektromobil. Xitoylik yana bir ustoz ko‘rmagan ixtirochi Lyu Fulong mazkur elektromobilni yog‘och va taxtadan yasadi. Mashina soatiga 30 km tezlikda harakatlana oladi. Bu esa, uy sharoitida yasalgan texnika uchun juda  yaxshi natija hisoblanadi. 

Dengiz bodringlarini ovlash uchun suvosti kemasi. Suratda Chjan Ui o‘zi ishlab chiqqan suvosti kemasining so‘ruvchi quvurlari yonida. Ui texnika yordamida dengiz bodringlarini ovlab, Xubey viloyati Uxan shahri bozorida sotadi. 

Qutqaruv shari. Ixtirochi Yan Zeng Fu o‘zi ishlab chiqqan buyumning sinov jarayonida qatnashmoqda. Olti tonnalik sharning asosiy maqsadi o‘z ichidagi odamlarni har qanday tashqi ta'sirdan asrash hisoblanadi. Loyihaga ham «Nuh kemasi» nomi berilgan.

Avtounisikl. Bu harakatlanish vositasi xitoylik ixtirochi Li Yongli ishlanmasidir. U, o‘z ixtirosi bilan kelajagini rejalashtirmoqda va mahsulotni butun dunyoga yetkazib berish haqida o‘ylayapti. 

Samolyot-mototsikl. Chjan Xuelin o‘zining qo‘lbola samolyotini moped negizida ishlab chiqdi. Uning birinchi sinovi omadsizlikka uchragan bo‘lsada, ixtirochi tushkunlikka tushganicha yo‘q. 

Shaxsiy vertolyot. Lyaonin viloyatida yashovchi 55 yoshli temirchi mototsikl dvigateli va shishaplastik panellar asosida shaxsiy vertolyotini ishlab chiqdi. Ixtirochining ta'kidlashicha, vertolyot bemalol ucha ooladi. Albatta hozircha uni xolis kishilar tasdiqlay olmaydi. 

Metallolom parchalaridan protez. Xitoylik fermer dinamit yordamida baliq ovlash chog‘ida ehtiyotsizlik tufayli ikki qo‘lidan ayrildi. U, jiyanlari yordamida metall, plastmassa va rezina parchalaridan o‘ziga “qo‘l” yasab oldi. Albatta, buning uchun fermer ikki yil vaqtini sarfladi. 

Musiqa chaluvchi taroq. Ha, bunisi boshqalariga qaraganda ham ajibroq. O‘zining turli xil samarali ixtirolari bilan tanilgan Xana Yudzi ishlab chiqqan taroqda musiqa chalish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: