"Gamburg" futbol klubi o‘qotar jarohatdan keyin futbolkasi yaroqsiz holga kelgan bolaga yangi futbolka hadya qildi

Jamiyat 07:21 / 29.07.2016 4523

"Gamburg" nemis futbol klubi bosh direktori Ditmar Bayyersdorfer qornidan o‘qotar jarohat olgandan keyin futbolkasi yaroqsiz holga kelgan 13 yoshli muxlisiga yangi futbolka berdi. Bu haqda NDR xabar bermoqda.

Ismi aytilmayotgan o‘smir 23 iyulda Gamburgning sport maydonlaridan birida futbol o‘ynayotganda jarohat olgan. Noma'lum kimsa undan qo‘pol ravishda maydonni tark etishni talab qilgan, biroq o‘smir buni rad etgan. Bir necha daqiqadan keyin o‘q ovozi eshitilib, uning oqibatida o‘smir qornidan jarohat olgan. O‘q o‘smirning hayotiy muhim a'zolariga tegmagan va hozirda uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Jinoyatchi esa qidirilmoqda.

26 iyulda Berlinda o‘qotar jarohatdan mahalliy shifoxonalardan birining shifokori halok bo‘lgan, bosqinchi o‘zini otib tashlagan.

22 iyulda Myunxendagi savdo markazida 18 yoshli eronlik o‘smir Ali David Sonboli 9 kishini otib tashlagan va so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Hujum oqibatida 35 kishi yaralangan.

Ko‘proq yangiliklar: