Tver sudi 4 nafar Markaziy osiyolikni qotillik va Suriyada IShID safiga yollash uchun 30 yilga qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jamoatchilik aloqalari markaziga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, 29 iyulda Tver Moskva okrug harbiy sudi ko‘chma hay'ati tomonidan diniy-ekstremistik bo‘lim a'zolariga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan.
FXX ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar odamlarni Suriyadagi urushga yollab, jo‘natgan, guruh rahbariga o‘zining sodiqligini isbotlash uchun Moskva viloyatida yashovchi 7 nafar kishiga bosqinchilik hujumi va qotillik amalga oshirgan hamda qalbaki pullarni tarqatishni tashkillashtirgan.
Guruhni xorijiy davlat hududida terrorchilik xarakteridagi jinoyatlarni amalga oshirgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan kimsa boshqargan.