Rolando Kruz 17 yoshli qizi Monika Kruzning feysbukdagi sahifasida Snapchat ijtimoiy tarmog‘idagi Dog ("It") filtri qo‘llangan ko‘plab suratlarni aniqlagandan keyin, qizini 3 kun davomida qafasda ushlab turgani uchun hibsga olindi. Bu haqda News10Live xabar bermoqda.
Qizni buvisi aniqlagan, u nabirasi qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘yganidan xavotirlana boshlagan. Monika o‘zining yotoqxonasida it qafasida aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, ota qizini shunchaki qafasga qamamagan, balki 3 kun davomida uni itlar ovqati bilan boqqan va itlar idishiga suv quyib bergan.