Erdo‘g‘an AQShning markaziy qo‘mondonligi rahbarini isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Jahon 20:34 / 29.07.2016 8035

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh markaziy qo‘mondonligi rahbari general Jozef Votelning turk harbiylarining davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin hibsga olinishi borasidagi bayonotini keskin tanqid qildi. 

Avvalroq Votel AQSh birga ishlagan ko‘plab turk harbiylari panjara ortiga tushganlaridan xavotir bildirgandi. 

"Butun dunyo biz demokratiyani qo‘riqlashimizni biladi. Biroq kimdir panjara ortiga tushganlar uchun qayg‘urmoqda. Amerikaning kattaroq idorasidan bir general u aloqada bo‘lgan harbiylarni turmaga tashlashayotganini aytmoqda. Bu sening ishing emas, sen kimsan o‘zi?", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqara yaqinidagi Galboshi shahrida so‘zlagan nutqida.

Erdo‘g‘an amerikalik generalni "bosh fitnachi" (muxolif imom Fathulla Gulen nazarda tutilmoqda) bilan bir davlatda yashab turib "fitnachilar bilan qatorga turishini" aytdi. 

"Bizning xalq barchasini ko‘rmoqda. Bunday bayonotlar qiladiganlar o‘z-o‘zini fosh qiladi", deb yakunladi so‘zlarini Erdo‘g‘an.

Ko‘proq yangiliklar: