Doping sabab jahon chempionligidan mahrum bo‘lgan sportchi Olimpiadada qatnashadi

Sport 22:52 / 29.07.2016 5797

Xitoylik sportchi Lyu Xun shu yil bahorda qonidan doping topilgani sabab sport o‘yinlaridan diskvalifikatsiya qilinganiga qaramay, Riodagi Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi. Bu haqda Insidethegames xabar bermoqda.

Lyu Xun sportcha yurish bo‘yicha 7-8 may kunlari Rimda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan, lekin qonida doping aniqlangani sabab sovrindan mahrum etilgandi. Qolaversa, uni sport musobaqalaridan diskvalifikatsiya qilishgandi. Shunday bo‘lishiga qaramay xitoylik sportchiga Braziliyaga borishga ruxsat berildi.

Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi rossiyalik yengil atletikachilarni Rio Olimpiadasidan mahrum qilar ekan biror marta ham doping bilan «qo‘lga tushmagan» sportchilargina musobaqada qatnashishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: