Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey yadroviy quroldan "qo‘rqituvchi kuch" sifatida foydalanishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Mey bir kunlik safar bilan kelgan Bratislavadagi matbuot-anjumanida jurnalist undan Rossiyaga qarshi yadroviy qurol ishlatishga tayyorligi haqida so‘ragan.
Slovakiyaning TV3 telekanali muxbiri bergan savol o‘tgan haftada britan parlamentida o‘tgan yadroviy salohiyat bo‘yicha debatlar bilan bog‘liq holda berilgan.
"Haqiqatan ham, o‘tgan haftada Buyuk Britaniya parlamentida yadroviy dasturimizning davom ettirilishi haqida muhim ovoz berish o‘tdi. Debatlar vaqtida mening qo‘rqituvchi kuch sifatida yadroviy quroldan foydalanishga tayyorligim masalasi qo‘yildi. Men "Ha" deb javob berdim", deb aytdi Mey.
18 iyulda Mey britan parlamentidagi birinchi nutqida go‘yoki Rossiya va Shimoliy Koreya tomonidan solinayotgan tahdid sababli Buyuk Britaniyaning yadroviy kuchlarini modernizatsiyalash zarurligini ta'kidlab o‘tgandi.