Belgiyada dunyodagi eng katta gul g‘uncha ochdi

Jamiyat 15:47 / 29.07.2016 13975

Belgiyaning Meyze shahridagi botanika bog‘ida o‘suvchi, dunyodagi eng yirik gul hisoblanuvchi Titan Arum (Amorphophallus titanum) yoki "murda gul" gulladi, deb yozmoqda Derniere heure.

Bog‘ vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘simlikning gullash jarayondan bahra olishni istaganlar ixtiyorida atigi 72 soat bor. Gulning bu qadar salbiy ma'noda nomlanishiga uning o‘zidan, murda va sasigan baliq hidlarining aralashmasiga o‘xshash qo‘lansa hid chiqarishi sababdir. G‘unchaning balandligi 1,9 metrga, vazni 18 kgga yaqindir. Bog‘ xodimlari gulni tomosha qilish uchun maxsus burun niqobi olib kelishni unutmaslikni tavsiya qilishmoqda. Har 5-10 yilda gullaydigan ulkan o‘simlikning vazni esa 100 kg tosh bosishi mumkin. 

U o‘zidan chiqarayotgan hidi bilan o‘laksaxo‘r qo‘ng‘izlar va qon hidiga keluvchi pashshalarni o‘ziga chorlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: