Avstraliya osmoni uzra AirAsia va Jetstar aviakompaniyalariga qarashli ikki samolyotning to‘qnashishiga bir baxya qoldi. Bu haqida Sydney Morning Gerald gazetasi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, voqea o‘tgan hafta sodir bo‘lgan, biroq bu haqida endi xabar berilgan. AirAsia samolyoti Jetstar layneri qo‘nayotgan payt uchishni amalga oshirgan. Xavfsizlik tizimi ishga tushganda, samolyotlar bir-biridan 152 metr masofada bo‘lgan.
Dispetcher Jetstar layneriga pastlashga ruxsat berganidan keyin to‘qnashuv ehtimoli bartaraf qilingan.