Yamalada Salexard tuman klinik shifoxonasiga 37 kishi kuydirgi kasalligidan davolanish uchun yotqizilgan. Bu haqida favqulodda vaziyatlar vazirligi manbasiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar berdi.
“Salexarddagi davolash muassasalariga 37 kishi, shu jumladan 22 nafar bola yotqizildi, ulardan 9 nafari kuydirgi kasalligiga chalingani taxmin qilinmoqda”, - deyildi idorada.
Bundan avval Yamala tundrasida chorva mollarining kuydirgi kasalligiga yo‘liqqani tufayli kiyiklarga ham zarar yetgani xabar qilingan. Yamalada kuydirgi kasalligining tarqalishi munosabati bilan tekshiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi.