AQSh dengiz piyoda askarlariga tegishli F/A-18C qiruvchi samolyoti Kaliforniyada halokatga uchradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, qulash sinov parvozi vaqtida yuz bergan. Samolyotni boshqargan uchuvchining halok bo‘lgani aytilmoqda.
Samolyot nima sababdan qulagani mahalliy organlar tomonidan o‘rganilmoqda.