2009 yildagi «Barselona» - «Chelsi» o‘yini hakami: «Barselona»dan pul olmaganman»

Sport 21:11 / 29.07.2016 6846

2009 yilgi Yevropa chempionlar ligasining yarim finalida «Barselona» hamda «Chelsi» jamoalari to‘qnash kelgandi. Birinchi o‘yin Barselonada o‘tgan va hisob ochilmagandi.

Ikkinchi o‘yin Londonda kechdi. O‘yinda Maykl Essiyen hisobni ochdi va «Chelsi» 93-daqiqagacha g‘alaba qozonib, ikkinchi marta qatorasiga chempionlar ligasi finaliga chiqishga yaqin turgandi, lekin...

Inesta gol urib, «Barselona»ni finalga olib chiqdi va Gvardiola shogirdlari bilan ilk marta chempionlar ligasida zafar quchgandi. O‘sha o‘yinning bosh qahramoni norvegiyalik hakam Mark Evrebe bo‘lgandi. Hakam o‘yindan 7 yil o‘tib barchasini esladi.

«O‘sha o‘yinda men juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydim, tan olaman. «Chelsi»da men kamida 6-7 marta penalti belgilamaganimni aytishdi, lekin bu bo‘rttirish. Xullas, o‘sha kecha meniki emasdi.

Tuni bilan yuzlab sms'lar keldi. Kimdir qo‘llab-quvvatladi, muxlislar esa... Eslagim kelmaydi. Men o‘sha o‘yindan keyin tezroq barchasini unutishni xohlardim. Mening «Barselona»dan pul olganim haqida ko‘p gapirishdi, lekin bu bo‘lmagan gap. Yevropa chempionlar ligasida sotilgan o‘yinlar bo‘lmaydi»,- deydi Evrebe.

Ko‘proq yangiliklar: