Lipetskdagi YTH natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 14:02 / 29.07.2016 5374

Lipetsk viloyatida avtomobilning ustunga urilib ketishi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 3 nafari katta yoshli kishilar, 2 nafari esa bolalar bo‘lgan, deb yozmoqda Rossiya IIVning Lipetsk viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.


Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni kechqurun M4 “Don” federal avtoyo‘lida VAZ-2110 avtomobilining 44 yoshli haydovchisi Voronej tomon harakatlanayotib, boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va ustunga borib urilgan. 

YTH natijasida avtomobildagi 44 yoshli yo‘lovchi ayol, 7 va 17 yoshli bolalar baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyning o‘zidayoq halok bo‘lishgan. Haydovchi va 21 yoshli yo‘lovchi esa jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan, biroq olingan jarohatlarning jiddiyligi tufayli ular shu yerda jon berishgan. 

Halokat sabablari o‘rganilmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: