Jon Kerri Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazadi

Jahon 23:52 / 28.07.2016 5522

AQSh davlat kotibi Jon Kerri 29 iyulda Parijga jo‘naydi va u yerda Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos bilan Falastin-Isroil ixtilofini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Bu haqda jurnalistlarga AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi ma'lum qildi. 

"Kerri 29 iyulda kechki payt Parijga jo‘naydi va u yerda Abbos bilan uchrashib, "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyili istiqbollarini" muhokama qiladi", deb aytdi Kirbi. 

Kirbi muzokaralar 30 iyulda bo‘lishini, undan keyin Kerri Vashingtonga qaytishini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: