O‘zbekiston 2015 yil yakunlariga ko‘ra, xarid qobiliyati tengligini hisobga olganda, YaIM hajmi bo‘yicha jahonda 61-o‘rinni egalladi. Jahon banki ma'lumotlari bunga asos bo‘ladi.
Jahon banki, o‘tgan yil yakunlariga doir xarid qobiliyatiga asoslangan YaIM darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini e'lon qildi. Ro‘yxatga 188 mamlakat kiritilgan.
Jahon banki reytingiga muvofiq, O‘zbekiston 187,668 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan 61-o‘rinni egallagan.
Jahon banki shuningdek, dunyo mamlakatlari YaIM bo‘yicha iqtisodiyotlarining hajmiga oid o‘tgan yil yakunlarini ham e'lon qilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM 62,644 mlrd dollarni tashkil etgan va reytingdagi 195 mamlakat orasida 70-o‘rinni egallagan. 2014 yil bilan qiyoslaganda, O‘zbekiston 3ta o‘rin yuqorilagan.
2015 yil yakuniga ko‘ra, aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 2,15 ming AQSh dollarini tashkil etadi, bu 2014 yilgi ko‘rsatkich (2,09ming dollar)dan 2,87 foizga ko‘pdir. O‘zbekiston bu borada 162-o‘rinni egallagan. Aholi jon boshiga YaMD ko‘rsatkichi xarid qobiliyati tengligini hisobga olganda 6,11 ming dollarni (jahonda 150-o‘rin) tashkil etadi.
Xarid qobiliyati tengligi (purchasing power parity) — ayrim tovar va xizmatlarni ikki yoki undan ko‘p turli mamlakatlar valyutalari bilan xarid qilishdagi nisbati.