Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishni qo‘llab-quvvatlagan va muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulen tarafdori bo‘lgan ayrim turkiyalik prokurorlar, isyon omadsizlikka uchragach, Germaniyaga uchib ketishning uddasidan chiqishgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Shu munosabat bilan, Turkiya TIV rasmiy Berlin hukumatiga murojaat qilib, ularni qaytarishni so‘ramoqda.
Bu haqda, Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li ma'lum qilgan.