Shveytsariyada birinchi devor va shiftsiz mehmonxona ochildi

Light 18:49 / 28.07.2016 10820

Null Shtern uslubi barcha odatiy va hashamdor mehmonxonalar raqobatchisiga aylanmoqda. Uning ichida to‘shak va kichik shkafdan boshqa hech nima yo‘q. Devor, shift, eshiklar o‘rniga — atrofda faqat Shveytsariya Alp tog‘larining ajoyib ko‘rinishi. Bu noodatiy mehmonxonaning asoschilaridan biri bunday «dizayn»ni quyidagicha izohlaydi: «Biz siz va taasurotlaringiz o‘rtasida turishi mumkin bo‘lgan barcha devorlardan voz kechdik». Darvoqe, Null Shtern tarjima qilinganda «nol yulduz» deb nomlanadi. Besh yulduz bo‘lmasa ham, tepangizda  sanoqsiz yulduzlar yog‘du sochib turadi. 

Mehmonxona taxminan 2 ming metr balandlikda, Shveytsariya Alpi bag‘rida joylashgan. Bir kecha tunab qolish 210 dollarga baholanadi.

Ishchilar karavotni o‘rnatish uchun yerni tekislashiga to‘g‘ri keldi.

Mehmonxonada devor, shift, yuvinish xonasi yo‘q — faqat katta karavot va ikkita kichik shkaf mavjud. Hojatxona xonadan besh qadam uzoqlikda joylashgan.

Mehmonxona o‘z mijozlariga tog‘ va tungi osmonning panoramali ko‘rinishini taklif etadi.  

Shuningdek, Null Shtern boshqa mehmonxonalar kabi o‘z mehmonlariga xonaga tashrif buyuruvchi shaxsiy xizmatchilarni taklif qiladi.

Xizmatchi yaqinda, yog‘ochli uyda yashaydi. U mehmonlar uchun kechki ovqat va nonushta tayyorlab, to‘g‘ri mehmonxonaga keltirib beradi.  

Shuningdek, ob-havoning o‘zgarishiga qarab bron qilishni so‘nggi daqiqada ham bekor qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: