Rubl sakkizinchi kundirki qadrsizlanmoqda

Iqtisodiyot 19:42 / 28.07.2016 9352

Rossiya milliy valyutasi AQSh dollari va yevroga nisbatan oylik kurslarining quyi ko‘rsatkichlarini yangilashda davom etmoqda. Shu bilan u Brent rusumli neft narxining bir barreli 43 dollar atrofida baholanayotgan bir vaqtda, qadrsizlanish vositasida o‘z darajasini ushlashga urinmoqda. 

AQSh federal zaxira tizimining qarorini ko‘pchilik kutgani bois, u jahon bozorlariga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi. 

Shunday qilib, "29 iyul" kungi hisob-kitob savdosi bo‘yicha 1 dollar - 0,5 rublga qimmatlashib, 66,42 rublga, 1 yevro - 0,72 rublga o‘sib, 73,69 rublga yetgan. 

Rubl kursi 28 iyul kungi savdolarda ham jahonning zaxira valyutalariga qadrini yo‘qotib, sakkizinchi kundirki bivalyuta savatiga nisbatan (0,55 dollar va 0,45 yevroga pasaygan) pasayishda davom etdi. 

Dollar 4 rublga, yevro – 4,5 rublga qimmatlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: