Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyadagi hududlarga maxsus kuchlarning sobiq xodimlari qatoridan bo‘lgan shaxslarning tayinlanishi Putinning shaxsiy qarori ekanligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Peskovning aytishicha, bu odamlar hududlarni yanada rivojlantirish uchun salohiyatga ega.
"Bu aynan davlat rahbarining shaxsiy qarori. U shu tariqa o‘zining ishonchini bildirdi va uning fikricha, aynan shu odamlar bu hududlarni rivojlantirishni davom ettirishga zarur salohiyatga egalar", deb aytdi Peskov.
Peskov shuningdek bu odamlar katta boshqaruvchilik tajribasiga ega ekanliklarini ta'kidlab o‘tdi.