Facebook kompaniyasining moliyaviy direktori Devid Veynerning aytishicha, 2017 yilning boshidan boshlab, ijtimoiy tarmoqning har bir a'zosiga yuboriladigan reklama daromad manbaining asosiy omili bo‘lmaydi. Recode nashrining fikricha, 2016 yilning ikkinchi kvartalida reklamadan 6,2 mlrd dollar foyda olgan Facebook’da reklama uchun joy qolmagan.
Recode nashrining yozishicha, Facebook reklama miqdorini boshqa oshira olmaydi. «Biz ishga aql bilan yondoshgan holda har bir foydalanuvchining tasmasida reklama kontenti balans asosida beribborilishini ta'minlaymiz», — dedi Veyner
Facebook g‘oyasiga ko‘ra, u foydalanuvchilar sonini oshirib, ko‘p pul keltiradigan yanada samaraliroq reklamalar tashkil qilishi kerak edi, deb hisoblamoqda nashr. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilar bazasi yuqorilab bormoqda. 2016 yilning ikkinchi kvartalida undan foydalanuvchilar soni 60 mln ga yetgan.
Reklamani kengaytirish bilan bog‘liq masala Facebook uchun unchalik ham muammo tug‘dirmaydi, deb yozmoqda maqola muallifi. Flagman mahsulotlari kompaniyaning yagona bo‘lmasada, biroq asosiy daromad manbai hisoblanadi. Albatta, kompaniyada reklama biznesini yuritadigan boshqa mahsulotlari, masalan, Instagram bor.