Nyu-Yorkning bosh maydoni – Tayms-skverda Xitoy hukumatining Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli orollar haqidagi tashviqot roligi kuniga 120 martadan namoyish qilinmoqda. Rolikni namoyish qilish 23 iyulda boshlangan, biroq "Sinxua" axborot agentligi bu haqda uch kun o‘tgach ma'lum qildi.
Videodagi kadrlarda o‘lkaning go‘zalligi namoyish qilinib, Xitoy bu hududda suverenitetga egaligi aytiladi. 12 iyulda Gaagadagi Xalqaro sud Xitoy Janubi-Xitoy dengizidagi orollarga "tarixan huquqi" yo‘qligi va Filippin huquqini buzayotgani haqidagi qarorni chiqargandi. Sud bu orollarga egalik qilish huquqini Filippin foydasiga chiqargan